Muassasa haqida

Ilm, ta'lim va tarbiyaning azaliy maskani

Mir Arab oliy madrasasi Buxoro shahrining qadimiy ARK me'moriy majmuasi röparasida joylashgan bo'lib, Markaziy Osiyodagi eng qadimiy va nufuzli islom ta'lim muassasalaridan biri hisoblanadi. Madrasa 1530-yilda barpo etilgan va deyarli besh asrdan buyon ilm-ma'rifat tarqatib kelmoqda.
2017-yilda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan madrasaga Oliy diniy ta'lim maqomi berildi.

Tarixiy meros

Madrasa Shayx Abdulloh Yamaniy — el orasida "Mir Arab" nomi bilan mashhur bo'lgan ulug' zot nomi bilan ataladi. Asrlar davomida bu maskanda minglab olimlar, muftiylar, imom-xatiblar va mudarrislar tahsil olgan.

Bugungi kun

Bugungi kunda madrasada Qur'oni karim ilmlari, hadis, fiqh, aqida va arab tili bilan bir qatorda tarix, mantiq, pedagogika, informatika va chet tillari ham o'qitiladi. Ta'lim muddati — 4 yil, ta'lim bosqichi — bakalavr.

Maqsad va vazifalar

  • Yuksak ma'naviyatli, keng dunyoqarashli diniy ziyolilarni tayyorlash;
  • Islom dinining asl mohiyatini, tinchlik va bag'rikenglik g'oyalarini targ'ib etish;
  • Milliy va diniy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda yosh avlodga yetkazish;
  • Ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish.
Ilm bilan yuksalish, axloq bilan kamol topish.